03 iyu 11:17
Yangiliklar

UFC 276 turnirining bonus sohiblari elon qilindi
Kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollarlik bonus, yani mukofot puliga Yuliya Stolyarenko, Aleks Pereyra va Jalin Tyornerga ega chiqishdi. Robbi Louler va Brayan Barbarena ishtirokidagi to'qnashuv oqshomning "Eng yaxshi jangi" deb topildi.
Eslatib o'tamiz, asosiy kardni boshlab bergan Pedro Munos - SHon O’Melli jangi o'tkazilmagan deb topilgandi. SHon qoida buzgani uchun jang ikkinchi raundda to'xtatilgan edi. 40 yoshli Robbi Louler raqibi Brayan Barbarenaga texnik nokaut bilan yutqazib qo'ydi. Aleks Pereyra SHon Striklendni nokautga uchratdi. CHempion Aleks Volkanovski davogar Maks Xolloueyga qarshi kechgan uchinchi jangida ham zafar quchdi. O'rta vazn chempioni Israel Adesanya Jared Kannoneni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi.
Fikrlar