31 iyu 10:08
Yangiliklar
![](/upload/storage/228919_220.jpg)
UFC 277. Kamar uchun kechgan Co-main event jangi uchinchi raundda to'xtatildi + FOTO
Oqshomning so-main event jangi eng engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechdi va unda meksikalik 28 yoshli Brendon Moreno Yangi Zelandiya vakili, 29 yoshli Kay Kara-Fransga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang uchinchi rundda Morenoning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Bu ularning o'zaro o'tkazgan ikkinchi jangi edi. 2019 yilning dekabr oyida o'tkazilgan UFC 245 turniri doiraidagi ilk to'qnashuvda Moreno ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Ushbu vaznda braziliyalik 34 yoshli Deyveson Figeredo chempionlik kamarini o'z qo'lida saqlab turibdi. Aynan u shu yilning yanvar oyida Brendon Morenoni mag'lubiyatga uchratib, o'z kamarini qaytarib olgan edi. Endi ular yana bir bor - to'rtinchi marotaba oktagonda yuzma-yuz kelishadi. Hozircha jangchilarda 1 tadan g'alaba va durang bor.
Malumot uchun, bugun meksikalik jangchi faolitidagi 20-g'alabasini qo'lga kiritdi. Mag'lubiyatlari soni 7 taligicha qoldi. Kay Kara esa bugun to'qqizinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 20 tani tashkil qilmoqda.
Fikrlar