31 iyu 08:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/228889_220.jpg)
UFC 277. Nokautchini birinchi raundda texnik nokautga uchratishdi + FOTO
Hozirgina asosiy kardning uchinchi jangi ham birinchi raundning o'zida yakuniga etdi. Superog'ir vazn toifasida kechgan jangda rossiyalik 30 yoshli Sergey Pavlovich amerikalik 37 yoshli tajribali Derrik Lyuisga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang oldidan Derrikning g'alabaga bo'lgan imkoniyatlari yuqoriroq baholanayotgan edi. Aynan u nokautlar soni bo'yicha UFC rekordchisi edi. 27 ta jangdan 21 tasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgandi. Bugun esa u birinchi raundda texnik nokautga uchratildi.
Referi Pavlovichning ketma-ket kuchli zarbalaridan so'ng jangni to'xtatdi. Bu esa Derrikning etiroziga sabab bo'ldi. U hali jangni javom ettira olishini bildirdi. Lekin referi fikrini o'zgartirmadi. Sergey ketma-ket to'rtinchi texnik nokautli g'alabasini qo'lga kiritdi va yangilangan reytingda TOP-10`da debyut qiladi.
Fikrlar