31 iyu 07:43
Yangiliklar
UFC 277 turnirining asosiy kardini boshlab bergan Ankalaev ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi
Hozirgina asosiy kardni boshlab bergan birinchi jang yakuniga etdi. Yarim og'ir vazn toifasida o'tkazilgan jangda rossiyalik 30 yoshli Magomed Ankalaev AQSH vakili, 34 yoshli Entoni Smitga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang ikkinchi raunddayoq yakuniga etdi. Ankalaev parterdagi ustunlik evaziga raqibini texnik nokautga uchratdi. Referi Ankalaevning javobsiz zarbalari, Smitning chuqur himoyasidan so'ng jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Entoni Smit birinchi raunddayoq oyog'ini sindirib olgan.
SHu tariqa, Magomed Ankalaev UFC promoushenidagi ketma-ket to'qqizinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning tajribali raqibi esa bugun 17-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 35 ta g'alaba bo'lib, reytingda 5-o'rinni egallab turibdi. Magomed esa 4-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar