18 okt 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 280 kardidagi janglardan biri bekor qilindi, ushbu bahsga zaxira sifatida o'zbekistonlik sportchi taklif qilindi
UFC 280 turniridan o'rin olgan janglardan biri bekor bo'ldi.
Magomed Mustafaev hamda Yamato Nishikava o'rtasidagi bahs Nishikavaning boshqa promoushen bilan shartnomasi borligi sabab bekor qilindi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, yaponiyalik sportchining o'rniga Magomed uchun boshqa raqib taklif qilingan. Ular orasida o'zbekistonlik Javohir Imamov ham bo'lgan.
Biroq Javohir 20 oktyabr kuni UAE Warriors 34 turniri doirasida qozog'istonlik Ulan Tamgabaevga qarshi kurash olib borishi lozim. SHu sababli, sportchimiz UFC turnirida oktagonga chiqmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar