23 jan 11:01
Yangiliklar

UFC 283. Kim qancha gonorar oldi?
Kechaning markaziy jangida Jamal Xill Glover Teysherani mag'lub etib, vakant bo'lib turgan kamarga ega chiqdi. UFC matbuot xizmati asosiy kard ishtirokchilarining gonorarlarini elon qildi. Unga ko'ra eng katta gonorar kamaridan ayrilgan Deyvison Figeredoga nasib etdi, u Brandon Morenoga qarshi jang uchun 892 ming dollarga ega chiqdi. Qizig'i, ikkinchi eng katta gonorar ham ushbu oqshomda mag'lub bo'lgan jangchiga nasib etdi. CHempionlik jangida mag'lub bo'lgan Glover Teyshera 692 ming dollarga ega bo'ldi.
UFC 283 kechasining asosiy kard ishtirokchilarining gonorarlari:
Glover Teyshera – $682.000
Jamal Xill – $382.000
Deyvison Figeredo – $892.000
Brandon Moreno – $642.000
Gilbert Berns – $416.000
Nil Megni – $231.000
Paul Kraig – $121.000
Jonni Uoker – $156.000
Maurisio Rua – $96.000
SHamil Abduraximov – $86.000
Fikrlar