28 jan 14:15
Yangiliklar

UFC 287 ham yonadi! Gilbert Berns - Xorxe Masvidal jangi tasdiqlandi
Yarimo'rta vazn toifasida braziliyalik UFC jangchisi Gilbert Berns (21-5) navbatdagi jangini amerikalik Xorxe Masvidalga (35-16) qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
UFC News nashrining tasdiqlashicha, jang 8 aprel kuni, UFC 287 turniri doirasida o'tkaziladi va oqshomning So main event to'qnashuvi bo'ladi. Turnir Mayami (AQSH)da tashkil etiladi.
Hozirgacha UFC 287 musobaqasida Aleks Pereyra - Israel Adesanya, Rob Font - Adrian Yanez kabi janglar o'tkazilishi haqida xabar berildi.
Gilbert Berns so'nggi jangini 22 yanvar kuni o'z yurtida o'tkazilgan UFC 283 doirasida Nil Megniga (27-10) qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi.
Xorxe Masvidal esa oxirgi bor 2022 yilning 5 mart kuni o'tkazilgan UFC 272 turniri doirasida sobiq do'sti Kolbi Kovingtonga (17-3) qarshi oktagonga chiqib, hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.
Fikrlar