09 iyu 09:28
Yangiliklar
UFC 290. Eng engil vazn toifasida yangi chempion!
UFC 290 turnirining so-main event jangi eng engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun kechdi. Unda meksikalik amaldagi chempion Brendon Moreno braziliyalik davogar Aleksandr Pantojaga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Murosasiz jang to'liq besh raund davom etdi va unda Pantoja hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozondi. Ikki nafar hakam braziliyalikning, yana bir meksikalik jangchining g'alabasini taminlagan. Aleksandr ushbu vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylandi.
Endi bu ikki jangchining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 3:0 ko'rinishiga keldi. Brendona Moreno bugun faoliyatidagi 31-jangini o'tkazdi. Uning hisobida 21 g'alaba va 8 mag'lubiyat bor. Ikkita jang durang natija bilan yakunlangan. Pantoja esa professional faoliyatida 28 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan. Braziliyalik so'nggi uchta jangida zafar quchgan.
Fikrlar