09 iyu 11:35
Yangiliklar
UFC 290 turnirining bonus sohiblari malum
Oqshomning markaziy jangida yarimengil (65 kg.gacha) vazn toifasi chempioni, pound-for-pound reytingi peshqadam, avstraliyalik Aleks Volkanovski meksikalik davogar Yair Rodrigesga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangning uchinchi raundi o'tib borayotgan bir pallada Volkanovski raqibini texnik nokautga uchratdi.
Biroz avval turnir tashkilotchilari tomonidan bonus sohiblari elon qilindi. Kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollarlik mukofot pullarini to'rt nafar jangchi qo'lga kiritdi.
Braziliyalik Aleksandr Pantoja hamda meksikalik Brendon Moreno o'rtasidagi so-main event jangi turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Eng engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun kechgan besh raundlik jangda Pantoja ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, divizionning yangi chempioniga aylandi.
SHuningdek, chiroyli jang uchun braziliyalik ayol yakkakurash ustasi Denis Gomes hamda g'alabasi tufayli Adesanyaning navbatdagi raqibiga aylangan Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessi ham bonusni qo'lga kiritishdi.
Fikrlar