20 avg 09:43
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 292. Veyli Jang Amanda Lemosni qiyinchiliksiz mag'lub etib, o'z kamarini saqlab qoldi
AQSHning Boston shahrida UFC 292 turniridan o'rin olgan navbatdagi jang yakunlandi.
Co main event'dan o'rin olgan ushbu jangda ayollar o'rtasida minimal vazn chempioni, xitoylik Veyli Jang (24-3-0) braziliyalik davogar Amanda Lemos (13-3-1) bilan to'qnash keldi. Besh raundga mo'ljallangan chempionlik jangi to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 50:43, 50:44, 49:45 hisobida Veyli Jang g'alaba qozonib, o'z chempionligini saqlab qoldi.
Bu amaldagi chempion uchun ketma-ket qo'lga kiritilgan uchinchi g'alaba bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar