21 iyu 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 293 turniri uchun yana bir qiziqarli jang ko'rib chiqilmoqda
O'ta engil vazn reytingining beshinchi raqamli jangchisi Kay Kara-Frans hamda to'qqizinchi raqamli Manel Kape 11 sentyabr kuni Sidneyda o'zaro jang qilishlari mumkin.
Har ikki aralash yakkakurash ustasi ham o'z ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida "Tez orada mening keyingi jangim bo'yicha yangilik bo'ladi", - deb yozib, xabarga Avstraliya bayrog'ini qadagan.
Kay Kara-Frans so'nggi jangini 4 iyun kuni Amir Albaziga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi. 29 yoshli Kape esa so'nggi bor 2022 yilning dekabr oyida David Dvorak bilan jang qilib, g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar