So’nggi yangiliklar

19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0

22 okt 12:17
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 294 turniridan kim qancha ishlab oldi?

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan UFC 294 turniri jangchilarining kechagi ishtirokchilaridan qancha qancha gonorar ishlab olgani malum bo'ldi.

Kutilganidek, UFC 294 turniridagi eng katta gonorar Islam Maxachevga nasib etdi. Birinchi raunddayoq yarim engil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovskini nokautga uchratgan Islam 1,79 mln AQSH dollari miqdorida gonorar ishlab oldi. Ushbu summadan 750 000 dollari ishtirok, 100 mingi g'alaba, 850 mingi PPV, yani pullik translyaciyalar ulushi, 50 mingi eng yaxshi jang uchun bonus, 42 ming dollari esa homiylar to'lovi hissasiga to'g'ri keladi.

Abu-Dabidagi oqshomning markaziy jangini saqlab qolgan Volkanovski esa 1,58 mln dollarlik (750 ming – jang uchun, 800 ming – PPV sotuvidan tushgan mablag', 32 ming dollar homiylar to'lovi) chekka ega chiqdi.

Kamaru Usmanga mag'lubiyat taqdim etgan Xamzat CHimaev o'z hamyonini 865 000 dollar gonorar (250 000 – ishtirok, 100 000 – g'alaba, 500 000 – PPV ulushidan, 15 – homiylar to'lovi) evaziga boyitib oldi.

Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Usman CHimaevdan ko'proq gonorar ishladi. Nigeriyalik jangga ikki hafta qolganida jarohatlangan Kostani almashtirdi. Kamaru 1,02 mln dollar (500 000 jang uchun, 500 000 pullik translyaciyalar, 20 000 – homiylik bonusi) gonorarga ega bo'ldi.

Magomed Ankalaevning yana omadi chopmadi. U Jonni Uokerning bosh qismiga parter holatida tizzasi bilan taqiqlangan zarba bergani uchun jang o'tkazilmagan deb topildi. Ankalaevning gonorari 225 000, Uokerniki – 160 000 dollarni tashkil etdi.

SHarabutdin Magomedov UFC promoushenidagi debyut jangidan 28 000 dollar ishlab oldi. Viktoriya Dudakova – 39 200 (20% gonorari vazn qila olmagani uchun kesilgan), Muhammad Naimov – 49 000, Muhammad Mokaev – 71 000, Said Nurmagomedov – 205 000, Ikram Aliskerov – 99 000 AQSH dollari miqdorida gonorar oladi.

UFC 294 turnirining Top-10 gonorar sohiblari: Islam Maxachev 1 790 000, Aleks Volkanovski 1 582 000, Kamaru Usman 1 020 000, Xamzat CHimaev 865 000, Magomed Ankalaev 225 000, Said Nurmagomedov 205 000, Jonni Uoker 160 000, Tim Elliott 160 000, Uorli Alves 120 000, Ikram Aliskerov 99 000. 

Malumot uchun, navbatdagi UFC turniri 5 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulu shahrida bo'lib o'tadi. UFC Fight Night 231 turnirida og'ir vazn toifasining Top-10 reytingidan o'rin olgan Jailton Almeyda (reytingda 9-o'rin) va Derrik Lyuis (reytingda 10-o'rin) ishtirokidagi jangga guvoh bo'lamiz. Agar jarohat olmaganida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ham Braziliyada mezbon jangchi Kayo Baralloga qarshi oktagonga chiqqan bo'lardi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing