26 avg 15:16
Yangiliklar
UFC 295 turnirining yana bir jangi malum bo'ldi
Oqshomning asosiy kardi doirasida o'tkaziladigan yana bir jang elon qilindi. Unga ko'ra, ayollar o'rtasida minimal vazn vakilalari - braziliyalik Jessika Andrade (24-12-0) amerikalik Makkenzi Dyorn (13-3-0) bilan to'qnash keladi. Jang 3 raund etib belgilangan.
Jessika Andrade oxirgi uchta jangidan buyon g'alaba nima ekanini bilmay kelmoqda, u so'nggi bor Loren Myorfini mag'lub etgandi. Qizig'i, bu Andrade uchun joriy yil hisobidan beshinchi jangi bo'ladi. Makkenzi Dyorn esa may oyida Anjela Hill bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Malumot uchun, turnirning markaziy jangi og'ir vazn chempioni Jon Jons (27-1-0) hamda davogar Stipe Miochich (20-4-0) o'rtasida kechadi.
Fikrlar