08 dek 10:41
Yangiliklar

UFC 310. SHavkat Rahmonov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Unda yarim o'rta vazn toifasida qozog'istonlik aralash yakka kurash ustasi, kamar uchun davogar bo'lib turgan SHavkat Rahmonov Irlandiya vakili Ian Garri Machadoga qarshi oktagonga ko'tarildi.
5 raundga mo'ljallangan bellashuv to'liq davom etdi. Bahsda Rahmonov ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi. Uchchala hakam ham 48:47 hisobidagi g'alabani Surxondaryoda tug'ilgan Rahmonovga taqdim etdi.
Malumot o'rnida, SHavkat Rahmonov yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingida uch, Garri esa ettinchi o'rinni egallab turibdi.
Bugun SHavkat Rahmonov faoliyatidagi 19-jangini o'tkazdi, uning hisobida hozircha birorta mag'lubiyat yoki durang yo'q. Garri esa bugun 16-jangida ilk bor mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Fikrlar