08 iyu 13:29
Yangiliklar

UFC 316 turnirining bonus sohiblari malum
Dunyoning eng kuchli Ligasi matbuot xizmati tomonidan bugungi oqshomning bonus sohiblari elon qilindi. Kafolatlangan gonorardan tashqari 50 000 AQSH dollaridan iborat mukofot pullari to'rt nafar jangchiga taqdim etiladigan bo'ldi.
Asosiy jangda sobiq chempion SHon O’Mellini mag'lub etgan gruziyalik Merab Dvalishvili bonuslardan birinchi qo'lga kiritdi. SHon revansh jangida chempionlik kamarini qaytarib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. Merab uchinchi raundning oxirlarida bo'g'ish usuli bilan taslim etdi.
Ayollar o'rtasida o'ta engil vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylangan Kayla Xarrisonning harakati ham bonusga loyiq ko'rildi. Dzyudo bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni bo'lgan amerikalik aralash yakkakurash ustasi hamyurti Julianna Penyaning kamarini tortib oldi. U ikkinchi raund avvalida kimura usulida raqibasini finish qildi.
SHuningdek, yorqin jang uchun amerikalik tajribali Kevin Xolland va koreyalik Ju San YU ham 50 000 dollarlik chekka ega chiqdi. Kevin ikkinchi raundda braziliyalik Visente Lukeni bo'g'ib qo'ygan bo'lsa, San YU UFC`dagi debyut jangining 28-soniyasidayoq indoneziyalik Jek Saragini nokautga uchratdi.
Fikrlar