17 avg 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 319: Bonus pullari qaysi sportchilarga nasib etdi?
CHikago shahrida (AQSH) UFC'ning navbatdagi raqamlangan turniri bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, uning markaziy jangida asli chechenistonlik BAA vakili Xamzat CHimaev janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, o'rta vaznda Liga chempioniga aylandi. Xamzat ushbu g'alabasi uchun kafolatlangan gonorardan tashqari bonusga loyiq ko'rildi.
CHimaevdan tashqari Leron Myorfi, Karlos Prates va Tim Elliot ham "eng yaxshi ishtirok uchun" 50 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pullarini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar