06 okt 08:08
Yangiliklar

UFC 320 turniri ishtirokchilarining gonorarlari malum
Oqshomning markaziy jangida braziliyalik Aleks Pereyra Rossiya vakili Magomed Ankalaevni birinchi raunddayoq texnik nokaut orqali mag'lub etib, yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioniga aylangandi. U revansh jangida shu yil boy bergan kamarini Ankalaevdan qaytarib olgan edi.
Eng katta gonorarni aynan Pereyra olgan - 3 mln 582 ming AQSH dollari! Bu kafolatlangan gonorar. Hali translyaciya, chiptalar va boshqa qo'shimcha ulushlardan keladigan pullar ham bor. Endilikda sobiq chempion Magomed Ankalaev esa 2 mln 250 ming dollarga boyigan.
UFC 320 turniri ishtirokchilarining gonorarlari bo'yicha malumot:
Aleks Pereyra - 3 mln 582 ming (AQSH dollari hisobida)
Magomed Ankalaev - 2 mln 250 ming
Merab Dvalishvili - 1 mln 542 ming
Kori Sendxagen - 932 ming
Irji Proxazka - 515 ming
Xalil Rauntri - 465 ming
Josh Emmet - 316 ming
Yussef Zalal - 261 ming.
Fikrlar