15 avg 08:14
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 320 turnirining rasmiy posteri namoyish qilindi + FOTO
Kardida ikkita chempionlik jangi bo'lgan ushbu turnir 5 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladi.
Oqshomning asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni rossiyalik Magomed Ankalaev hamda ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik Aleks Pereyra o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu revansh maqomidagi jang bo'lib, ilk to'qnashuvda Ankalaev ochkolar bo'yicha g'alaba qozongandi.
UFC 320 turnirining co-main event jangi o'ta engil vaznda amaldagi UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili hamda vaqtinchalik UFC kamari uchun sobiq davogar amerikalik Kori Sendxagen o'rtasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar