04 okt 11:58
Yangiliklar

UFC 320 turnirining tarozi natijalari, bir jangchi vazn qila olmadi
Oqshomning asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasida amaldagi chempion rossiyalik Magomed Ankalaev hamda ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik Aleks Pereyra o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki jangchi ham tarozida bir xil 92.76 kg vazn qayd etdi.
Turnirning co-main event jangi ishtirokchilari - chempion Merab Dvalishvili va davogar Kori Sendxagen ham o'ta engil vazn toifasi meyorini bajarishdi. Merab 61.23 kg, Kori esa 61 kg tosh bosdi. Birgina prelim kardni ochib beruvchi Meysi CHiasson belgilangan meyordan ortiqcha vazn ko'rsatdi - 62.37 kg. Endi u gonorarining malum bir qismini raqibasi Yana Santosga beradi. Qolgan barcha jangchilar tarozidan muvaffaqiyatli o'tib olishdi.
UFC 320 turniri tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Magomed Ankalaev (92.76 kg) – Aleks Pereyra (92.76 kg)
Merab Dvalishvili (61.23 kg) – Kori Sendxagen (61 kg)
Irji Proxazka (93.44 kg) – Xalil Rauntri (92.99 kg)
Josh Emmett (66.22 kg) – Yussef Zalal (66.22 kg)
Abusupiyan Magomedov (84.14 kg) – Jo Payfer (84.37 kg)
Prelim kard
Ateba Abega Gote (84.37 kg) – Treston Vayns (83.91 kg)
Andre Muniz (84.14 kg) – Edmen SHaxbazyan (84.14 kg)
Farid Basharat (61.69 kg) – Kris Gutierres (61.69 kg)
Daniel Santos (68.49 kg) – Ju San YU (69.17 kg)
Erta prelim kard
Meysi CHiasson (62.37 kg)* – Yana Santos (61.23 kg)
Patrik Miks (61.69 kg) – Yakub Viklac (61.69 kg)
Punaxili Soriano (77.34 kg) – Nikolay Veretennikov (77.34 kg)
Ramiz Braximay (77.34 kg) – Ostin Vanderford (77.34 kg)
Veronika Xardi (56.47 kg) – Brogan Uoker (56.93 kg)
Fikrlar