25 jan 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 324. Rouz Namayunasni taslim etishdi
Las-Vegasdagi "T-Mobile Arena"da yilning ilk UFC turniri o'tkazilmoqda.
Turnir doirasida UFC sobiq chempioni, amerikalik Rouz Namayunas braziliyalik Nataliya Silvaga qarshi oktagonga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Nataliya Silva 29-28, 29-28, 29-28 hisoblarida g'alabaga erishdi.
UFC'da hali mag'lubiyatga uchramagan Silva sakkizinchi g'alabasiga erishdi. U katta ehtimol bilan navbatdagi jangini chempion Valentina SHevchenkoga qarshi o'tkazadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar