So’nggi yangiliklar

15:16Бугун Синдаров Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 14:41Сербиядаги илк UFC турнири ташкилотнинг иккита рекордини янгилади 0 14:17Элдорбек Усмонов АҚШдаги турнирда биринчи бўлди 0 14:15Франциянинг олти карра чемпиони профессионал мақомидан маҳрум бўлиши мумкин 0 13:48Нурмагомедов: "Ҳаммасини Ислам Махачевнинг маслаҳати ҳал қилди" 0 13:17Ўзбекистон хоккейи йўқолиб кетиш хавфи остида: хоккейчилар ва ота-оналар Президентга мурожаат қилди 0 12:39Уильям Сепеда WBC чемпиони! Мураталла IBF камарини ҳимоя қилди 0 12:14Суперлига. Бугун иккита ўйин гувоҳи бўламиз. "Бунёдкор"да техник мағлубият 0 11:46Canadian Open. Учинчи ракеткамиз асосий тўрга йўл олди 0 11:11Разамбек Жамалов ва Ғуломжон Абдуллаев чемпион, яна икки эркин курашчимиз ҳам шоҳсупада (ФОТО) 0 10:42Тўрт нафар эркин курашчимиз жаҳон чемпионати шоҳсупасида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:13"Брентфорд" клуб тарихидаги рекорд харидни эълон қилди 0 09:44Арман Царукян иштирокидаги беллашув муддатидан аввал якунланди 0 09:09UFC Fight Night 283 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:38Гэтжи билан жангда юзи "таъмирталаб" бўлиб қолган Топурия ҳозирги ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0

09 mar 07:32
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 326 jangchilarining gonorarlari: Oliveyra Xolloueyga qaraganda bir yarim barobar ko'p pul ishladi

Kecha AQSHning Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena"da o'tkazilgan UFC 326 turniri ishtirokchilarining gonorarlari malum bo'ldi.

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra UFC 326 turnirida pul ishlash bo'yicha mutlaq etakchiga aylandi. 

Sporty Salaries portali malumotlariga ko'ra, braziliyalik aralash yakkakurash ustasining kechaning asosiy jangi uchun to'lovlarining umumiy miqdori 2,282 mln dollari tashkil qildi. Uning raqibi Maks Xollouey esa 1,54 mln dollar ishlab topdi. Kechagi jangda Oliveyra ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, BMF chempionlik kamari sohibiga aylangandi.

Oqshomning ikkinchi muhim jangi ishtirokchilari Kayo Borralo hamda Rene de Ridder mos ravishda 561 va 460 ming dollarni qo'lga kiritdi. Promoushendagi ilk g'alabasini qo'lga kiritgan qozog'istonlik Diyar Nurgojay 56 000 dollarga ega chiqdi. 

Gregori Rodriges, Dryu Dober, Alberto Montes va Rodolfo Bellatoning gonorarlari oqshomning eng yaxshi chiqishi uchun 100 ming dollar bonuslarni o'z ichiga oladi.

Eslatib o'tamiz, Sporty Salaries taqdim etgan xabar rasmiy hisoblanmaydi va bu malumotlar, sizib chiqishlar va ekspert baholari asosida tuziladi.


Qolgan jangchilarning gonorarlari:

Maykl Jonson — 370 000 dollar

Rob Font — 315 000 dollar

Gregori Rodriges — 310 000 dollar

Dryu Dober — 415 000 dollar

Raul Rosas — 176 000 dollar

Kodi Garbrandt — 215 000 dollar

Kodi Dyorden — 211 000 dollar

Sumudaerdji — 210 000 dollar

Kodi Brandeydj — 161 000 dollar

Rodolfo Bellato — 160 000 dollar

Alberto Montes — 128 000 dollar

Brunno Ferreyra — 91 000 dollar

Xesus Agilar — 80 000 dollar

Diyar Nurgojay — 56 000 dollar

Donte Jonson — 44 000 dollar

Riki Tursios — 43 000 dollar

Nyamjargal Tumendemberel — 36 000 dollar

Long Syao — 32 000 dollar

Rafael Tobias — 16 000 dollar

Lyuk Fernandes — 16 000 dollar

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing