08 mar 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 326. Raul Rosas navbatdagi g'alabasini qayd etdi
Las-Vegasdagi "T-Mobile Arena"da UFC 326 turniri o'tkazilmoqda.
Turnirning asosiy kardidan o'rin olgan navbatdagi jangda Puerto-Riko vakili Rob Font meksikalik Raul Rosasga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Raul Rosas ochkolar evaziga, bir ovozdan 30-27 hisoblarida g'alabaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, turnirning markaziy jangida BMF kamari sohibi Maks Xollouey braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi jang qiladi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar