12 apr 08:38
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 327. Co-main event jangda texnik nokaut qayd etildi
Mayamida UFC 327 turniri o'tkazilmoqda.
Turnirning co-main event jangida yarim og'ir vazn toifasi jangchilari - rossiyalik Azamat Murzakanov va braziliyalik Paulo Kosta jang qildi.
Jang 3-raundda Paulo Kostaning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Ikki raund deyarli teng o'tgan bo'lsada, uchinchi raundga kelib braziliyalik sportchi ketma-ket zarbalar berish orqali, Murzakanovni yiqita oldi. Yakunda referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
SHu tariqa, Kosta o'zi uchun yangi dizivionda g'alabali debyut amalga oshirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar