05 avg 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Abusupyan Magomedovning jangini elon qildi
5 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida MMA bo'yicha UFC 320 turniri o'tkaziladi.
Tashkilotchilar musobaqa doirasida o'rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi Germaniya vakili Abusupyan Magomedov ham jang qilishini malum qildi.
UFC reytingida 14-o'rinni egallab turgan asli rossiyalik sportchiga o'sha kuni amerikalik Jo Payfer raqib bo'ladi.
Turnirning markaziy bahsi yarim og'ir vazn chempioni Magomed Ankalaev va sobiq chempion Aleks Pereyra o'rtasida kechadi.
Malumot o'rnida, 34 yoshli Abus faoliyati davomida jami 35 ta jangda qatnashgan va ularning 28 tasida g'alaba, 6 tasida mag'lubiyat hamda bitta bahsda durangni qayd etgan. 28 yashar Jo Payfer hisobida esa 14 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar