28 avg 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC afsonasi faoliyatini yakunlayotganini tasdiqladi
UFC afsonasi va sobiq chempioni Anderson Silva Yuraya Xollga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
“Menimcha bu jang faoliyatimdagi so'nggisi bo'ladi. 31 oktyabrdagi to'qnashuv uchun har kuni to'liq kuch bilan tayyorgarlik olib borishda davom etmoqdaman. Men hayajondaman, chunki bu oktagonga so'nggi bor chiqishim bo'ladi. Yurayaga qarshi jangimni muxlislarimga bag'ishlayman”,-degan Silva.
Eslatib o'tamiz, Silvaning UFC bilan tuzgan shartnomasiga ko'ra yana ikkita jangi bor, lekin u tashkilot bilan kelishgan holda shartnomani erta yakunlamoqchi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar