01 may 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC akciyalari narxlari tezlik bilan ko'tarilib ketdi
UFC tashkilotining akciyalari birjaga chiqarilgandan so'ng akciya narxi katta tezlik bilan oshib ketdi.
UFC uning bir qismi bo'lgan "Endeavor" kompaniyasi qiymati 511 million dollar bo'lgan UFC akciyalarni birjaga chiqargan edi. Qisqa vaqt ichida akciyalar narxi boshlang'ich narxdan 5% ga ko'tarildi.
Kun boshida har bir akciya narxi 24 dollarga baholangan edi. Birjadagi savdolar yakuniga ko'ra esa bir akciyaning narxi 25,20 dollarni tashkil qilgan.
Eslatib o'tamiz, kuni kucha UFC prezidenti Dana Uayt UFC akciyadorlik kompaniyasiga aylanganini malum qilgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar