15 iyu 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Ankalaev - Guskov jangi uchun rasmiy posterni taqdim etdi (FOTO)
25 iyul kuni BAAning Abu-Dabi shahri navbatdagi UFC Fight Night turnirini o'zida qabul qiladi.
Oqshomning asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik sobiq chempion, hozirda reytingda birinchi o'rinni egallab turgan Magomed Ankalaev hamda O'zbekiston vakili, yarim og'ir vazn reytingida o'ninchi pog'onada qayd etilgan Bogdan Guskov o'rtasida kechadi.
Bundan tashqari, turnir co main event jangida yana bir hamyurtimiz — Ramazon Temirov avstraliyalik titul uchun sobiq davogar Stiv Erceg bilan to'qnash keladi.
UFC matbuot xizmati turnir uchun rasmiy posterni namoyish etdi. Bu promoushen tarixida o'zbekistonlik jangchi ishtirokidagi ilk Main event hisoblanadi.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar