06 may 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC ayollar o'rtasidagi yarim engil vazn toifasini tugatmoqchi
Ikki vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Amanda Nunes kamarlarining biridan ayrilishi mumkin.
Braziliyalik chempionning so'zlariga ko'ra UFC 145 funt divizionini jangchilar etishmasligi sababli tugatmoqchi.
"Dana Uayt ushbu divizionni yopmoqchi. Men unga ushbu vaznda chempionligimni va vaznni ochiq qoldirishini so'radim. Muammo jangchilar yo'qligida. Bu vaznda istedodli jangchilarni topish juda qiyin bo'lmoqda. Masalan, Kris Sayborg bilan jang qilgan qiz umuman UFC darajasida emas edi. Ular menga raqib topishlariga ishonaman. Agar buning iloji bo'lmasa, menga umuman farqi yo'q", - dedi Nunes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar