So’nggi yangiliklar

18:53Нукус шаҳрида кичик ёшли ўсмирлар ўртасида Ўзбекистон кубоги бўлиб ўтди 0 18:32Марта Костюк Мадрид WTA 1000 турнири чемпиони! 0 18:11"Челси" ва МЮ Араухо учун рақобатлашмоқда 0 17:50Магнус Карлсен: "Нодирбек ҳозирда дунёнинг энг хавфли шахматчиси!" 0 17:29Қиличбозлик бўйича Ўзбекистон чемпионати старт олди 0 17:08Расман! Тим Цзюнинг 3 йилдан бери рингга чиқмаган Эррол Спенсга қарши жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 16:47Англиянинг топ-клуби Хаби Алонсо билан боғланди 0 16:26MMA жамоатчигининг Пратес - Маддалена жангига муносабати 0 16:05Хайме Мунгия WBA йўналишининг янги чемпиони 0 15:44Бенавидес Рамиресни тўхтатди ва Канелога "вызов" ташлади 0 15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0 14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0

21 jan 10:09
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC chempioni Kayla Xarrisonning falaj bo'lib qolishiga bir bahya qoldi

Amaldagi UFC chempioni Kayla Xarrison shifokorlar tavsiyasi va qisman talabi bilan shu haftada o'tkaziladigan jangidan voz kechgan va zudlik bilan jarrohlik stoliga yotgan edi.

Unga shifokorlar bo'ynidagi shoshilinch jarrohlik amaliyotidan voz kechishning ayanchli oqibatlarini tasvirlab berganidan so'ng, Amanda Nunesga qarshi chempionlik jangidan voz kechgandi.

Bu haqda Submission radiosiga bergan intervyusida amerikalik chempionning menejeri Ali Abdel-Aziz malum qildi.

"U hatto qo'lini ham ko'tara olmadi. Unga ukol qilishdi, yallig'lanishga qarshi bir dunyo dori berishdi - hech narsa yordam bermadi. UFC uni Nyu-Yorkka jo'natdi va shifokorlar unga darhol operaciya qilish kerakligi, aks holda shol bo'lib qolishi mumkinligini aytishdi", - dedi Abdel-Aziz.

SHuningdek, Abdel-Azizning so'zlariga ko'ra, Xarrisonni jarrohlik stoliga yotishiga majbur qilgan bo'yin jarohati dzyudo bo'yicha ikki karra Olimpiya chempioni ko'p yillardan beri kurashayotgan surunkali muammo hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, chempion Xarrison va davogar Nunes o'rtasidagi chempionlik jangi 25 yanvar kuni tong saharda Las-Vegasda o'tadigan UFC 324 turnirining co-main event to'qnashuvi bo'lishi kerak edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing