11 fev 17:41
Yangiliklar
UFC chempioni rossiyalik figurali uchuvchi Valieva haqida gapirdi
O'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aljameyn Sterling doping-testida taqiqlangan trimetazidin moddasi topilgan rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valieva bilan bog'liq Olimpiada mojarosini etiborsiz qoldirmadi.
“Voy, qanday ajoyib yangilik. Bunday voqea bo'ladi deb kim o'ylagandi! ”, - deb yozdi amerikalik Twitter'da rus qizining suratini joylashtirgan holda.
Avvalroq, ikki oydan so'ng Petr Yanga qarshi revansh o'tkazadigan Sterling bir necha bor rossiyalik jangchini dopingda ayblagan va bu mojaro munosabati bilan raqibini ham tilga olishni unutmagandi.
"Bu qiz 15 yoshda. Murabbiylar uni bunga undaganmi yoki yo'qmi, boshqa savol. Men shuni takidlayapmanki, Yanni doping masalasida aybdor qilish uchun barcha asoslarim bor. Mening so'zlarimni butun Rossiyaga nisbatan haqorat sifatida qabul qilasizmi yoki yo'q, bu sizga bog'liq. Men bunday fikrdan yiroqman. Mening fikrimcha, Petr Yan firibgar”, - deya qo'shimcha qildi UFC chempioni.
Fikrlar