29 mar 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Saidyoqub Qahramonovni bugungi g'alabasi bilan tabrikladi
Bugun tongda AQSHning Ayova shtatida MMA bo'yicha XFC 52 turniri tashkil etildi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Saidyoqub Qahramonov o'zining MMAdagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
Turnir doirasida hamyurtimiz braziliyalik Bruno Santosni to'liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.
Ahamiyatlisi, yarim o'rta vazn toifasida UFC'ning amaldagi chempioni Belal Muhammad g'alaba bilan hamyurtimizni tabrikladi. Saidyoqub ham o'z navbatida amerikalik sportchiga minnatdorchilik bildirdi.
???????? thanks champ https://t.co/vRhiVo92hC
— Saidyokub Kakhramonov (@SaidYokubMMA) March 29, 2025
Havola :
Manba : x.com/SaidYokubMMA
Fikrlar