10 okt 10:43
Yangiliklar

UFC chempioni SHevchenko navbatdagi himoya jangini anons qildi
SHevchenko UFC 255 turniri doirasida oktagonga chiqadi.
"Tiklanish basseyn, yani suv havzasida davom etmoqda. #UFC255", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Valentina.
#UFC255 xeshtegi uning aynan shu turnir doirasida jang o'tkazishiga ishora. Avvalroq UFC prezidenti Dena Uayt Valentina SHevchenkoning keyingi raqibasi braziliyalik 32 yoshli Jennifer Mayya bo'lishini aytgan edi. Mayya UFC Fight Night 173 turnirida Joann Kaldervudni mag'lubiyatga uchratgandi.
Malumot uchun, UFC 255 turniri 21 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. SHevchenko so'nggi jangini shu yilning fevral oyida Xyustondagi UFC 247 turniri doirasida rasmiy davogar Keytlin CHukagyanga qarshi o'tkazib, raqibini uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Fikrlar