13 okt 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni: U qo'rqdi va qochdi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC kamari sohibi Yan Blaxovich sobiq chempion Jon Jons haqida fikr bildirdi.
“Men uchun eng yaxshi raqib — Jon Jons edi. Lekin endi bu jang bo'lishi sal qiyinroq masala. Navbatdagi raqibim Teyshera - Santos jangi g'olibi bo'ladi. Men Jonsga qarshi jang qilishni istayman, lekin Jons mendan qo'rqdi va qochdi. Ammo, qachondir bu jang bo'lishiga ishonaman”, - dedi Blaxovich.
Eslatib o'tamiz, Yan Jonsdan vakant qolgan kamar uchun Dominik Reyesga qarshi jang o'tkazib, ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar