11 okt 09:13
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Island 5. Anderkard jang to'liq davom etdi + FOTO
BAA poytaxti Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
UFC Fight Island 5 oqshomining anderkard, yani nufuz bo'yicha ikkinchi jangi braziliyalik Edson Barboza hamda finlyandiyalik Makvan Amirxani o'rtasida o'tkazildi.
Jang to'liq uch raund davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Barbozaning g'alabasini taminlashdi. Bu bilan u ketma-ket uchta mag'lubiyatdan iborat yoqimsiz seriyasiga barham berdi. Edsonning hisobida 21 g'alaba va 9 mag'lubiyat bor. Amirxani esa faoliyatidagi 5-mag'lubiyatini qarshi oldi. Makvan MMAda 16 ta g'alabaga erishgan.
Havola :
Fikrlar