11 okt 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Island 5. Bonus sohiblari malum. 50 000 "ko'ki" kimlarga nasib etdi?
Xabar berganimizdek, biroz avval Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da tashkil etilgan navbatdagi UFC turniri o'z yakuniga etdi.
UFC promousheni o'tkazilgan janglar bo'yicha eng yaxshilarini aniqlab oldi. Kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 AQSH dollari miqdoridagi bonuslarga Tom Bris, Kris Daukaus, Xoakin Bakli va Kori Sendxagen ega chiqishdi.
Eslatib o'tamiz, oqshomning markaziy jangida amerikalik Kori Sandxagen braziliyalik Marlon Moraesni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Anderkard jangda esa braziliyalik Edson Barboza Finlyandiya vakili Makvan Amirxanini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi.
Havola :
Fikrlar