09 okt 22:54
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Island 5 oqshomining markaziy jang ishtirokchilari taroziga chiqdi + FOTO
Bizning vaqt bilan yakshanba tongida BAA poytaxti Abu-Dabi shahridagi "Janglar oroli"da navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.
Biroz avval UFC Fight Island 5 oqshomi ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Markaziy jang engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda Marlon Moraes va Kori Sandxegen oktagonda o'zaro to'qnash kelishadi.
Rasmiy tarozidan o'tish marosimida ikkala jangchi ham bir xil vazn ko'rsatishdi — 61,6 kg. Yana bir qiziqarli kechishi kutilayotgan jangda liga debyutanti Tagir Ulanbekov oktagonga chiqadi. U 57,1 kg, raqibi Bruno Silva esa 56,9 kg tosh bosdi.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar