27 okt 19:21
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 138. Artyom Lobov bugun tunda oktagonga chiqadi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning jamoadoshi Artyom Lobov Amerika vaqti bilan bugun tunda (bizning vaqt bilan ertaga tongda) navbatdagi jangini o'tkazadi.
Uning raqibi amerikalik Maykl Jonson bo'ladi. Bugun sportchilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va afsuski, Jonson vazn meyorini bajara olmadi. Uning vazni ortiqcha chiqdi. Maykl Zubayra Tuxugovning o'rnini egallagandi va unda tayyorgarlik uchun bor yo'g'i ikki hafta bor edi.
Jonsonning vazni yuqori bo'lishiga qaramay, Artyom Lobov jangga rozilik berdi. Sport komissiyasi Jonsonni jarimaga tortdi va gonorarining 20 foizini Lobov hisobiga o'tkazib berdi.
Havola :
Fikrlar