28 okt 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 138. Artyom Lobov oktagonga chiqdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning jamoadoshi Artyom Lobov navbatdagi jangini o'tkazdi.
Uning raqibi amerikalik Maykl Jonson bo'ldi. Kecha sportchilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishgan va Jonson vazn meyorini bajara olmagandi. SHunga qaramay, Artyom Lobov bu jangga rozilik bergan edi.
Aslida Maykl Zubayra Tuxugovning o'rnini egallagan va unda tayyorgarlik uchun bor yo'g'i ikki hafta bor edi. Sport komissiyasi vazn sabab Jonsonni jarimaga tortdi va gonorarining 20 foizini Lobov hisobiga o'tkazib berdi.
Uch raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar ikkinchi va uchinchi raundlarda ustunlikka erishgan Jonsonga 29-28, 29-28, 30-27 hisobidagi g'alabani taqdim etishdi.
Havola :
Fikrlar