06 sen 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 176: Bonus kimlarga nasib etdi?
Las-Vegasda o'tkazilgan UFC Fight Night 176 turnirida bonus sohiblari aniqlandi.
Turnir yakuniga ko'ra, promoushen 4 nafar sportchiga yaxshi jang uchun 50 ming dollardan bonus puli berdi, ammo kechaning eng yaxshi jangi aniqlanmadi.
Pullarni Brayan Kellexer, Andre Muniz, Michel Pereyra va Ovins Sen-Pryu oldi.
Malumot uchun, Kellexer Rodrigesni 39 soniyada mag'lub etdi, Munis esa Fabinskini birinchi raunddayoq taslim etdi, Pereyra Imadaevni bo'g'ish usulida mag'lub etdi, Sen-Pryu esa Menfildni nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar