13 sen 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 177. Markaziy jang to'liq 5 raund davom etdi + FOTO
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida nozik jins vakilalari o'zaro to'qnash kelishdi. Eng engil vazn toifasida kechgan 5 raundlik jangda amerikalik 32 yoshli Anjela Xill 34 yashar vatandoshi Mishel Uotersonga qarshi oktagonga chiqdi.
Jang to'liq 5 raund davom etdi. Yakunda hakamlardan biri 48:47 hisobidagi g'alabani Xillga berdi. Qolgan ikki hakam esa bu jangda 49:46, 48:47 hisoblarida Mishel Uoterson g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Kechaning anderkard, yani muhimligi jihatidan ikkinchi jangida germaniyalik Ottman Azaytar texnik nokaut evaziga amerikalik Xama Vortini mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Fikrlar