13 sen 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 177. Romanov debyut jangini o'tkazdi + FOTO
Ayni daqiqlarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina UFC Fight Night 177 oqshomining og'ir vazn toifasi vakillari ishtirokida kechgan jang o'z yakuniga etdi. Unda moldovalik Aleksandr Romanov (12-0 MMA, 1-0 UFC) guamlik Roke Martines (15-6-2 MMA, 0-1 UFC) bilan to'qnash keldi.
Jang ikkinchi raundning 4-daqiqa 22-soniyasi o'tib borayotgan bir paytda referi tomonidan to'xtatildi. Romanov bo'g'ish usuli bilan raqibini taslim etdi. Bugungi jang har ikki yakkakurash ustasi uchun UFCdagi debyut bo'ldi.
Havola :
Fikrlar