20 fev 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 201. Bonus sohiblari malum
Xabar berganimizdek, bugun tongda Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
UFC Fight Night 201 kechasining markaziy jangida Jamaal Xill Jonni Uokerga qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibini birinchi raundning o'zida nokaut evaziga mag'lub etdi.
UFC ushbu oqshomning eng yaxshilarini taqdirladi. Unga ko'ra, oqshomning eng yaxshilari bo'lgan Jamall Xill, Kayl Dakas, Stefani Egger va David Onama kafolatlangan gonorarlaridan tashqari, qo'shimcha 50 ming dollarga ega bo'lishdi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar