22 may 08:46
Yangiliklar

UFC Fight Night 206. Markaziy jang to'liq davom etdi
UFC Fight Night 206 turnirining markaziy jangi ayollar o'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xolli Xolm hamda vazn reytingida 5-o'rinni egallab turgan Ketlen Vieyra o'rtasida o'tkazildi.
UFC APEX stadionida o'tgan jang besh raund davom etdi va g'olibani hakamlar qo'ygan ballar aniqlab berdi. Hakamlardan ikki nafari braziliyalik Vieyra, yana biri esa amerikalik Xolli Xolmning g'alabasini taminlagan.
48-47, 48-47, 47-48 hisobida g'alaba qozongan Ketlen keyingi jangini chempionga qarshi o'tkazish istagida ekanini malum qildi. Bu Vieyraning 13-g'alabasi bo'ldi. Hisobida yana ikki mag'lubiyat ham bor.
Oqshom doirasidagi yana bir qiziqarli jangda braziliyalik Mishel Pereyra argentinalik Santyago Poncinibbioni 28-29, 30-27, 29-28 hisobida taslim etdi.
SHuningdek, asosiy kard janglarida CHidi Ndjokuani Dushko Todorovichni nokautga uchratdi. Tabata Richchi Polyan Vianni (29-28, 29-28, 29-28), Pak CHun-Yon Erik Andersni mag'lubiyatga uchratdi (28-29, 29-28, 29-28).
Fikrlar