So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

26 fev 10:11
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 220: Oqshomning markaziy jangi muddatidan avval yakunlandi

Bugun tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC Fight Night 220 oqshomining markaziy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda Andre Muniz Brendan Allenga qarshi oktagonga ko'tarildi. Aslida bu to'qnashuv turnirning ko-meynivent jangi maqomida bo'lishi kerak edi. 

Markaziy jang ishtirokchisi, rossiyalik yarimog'ir vazn toifasi vakili Nikita Krilovning sog'lig'ida muammo yuzaga kelgani sababli, uning amerikalik Rayan Spennga qarshi jangi bir necha soat qolganida bekor qilindi. Natijada Andre Muniz ishtirokidagi ko-meynivent jangi markaziy bahsga aylandi. 

Uch raundga belgilangan jang yakuniga 35 soniya qolganida to'xtatildi. Allen raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. Ko-meynivent jangida esa braziliyalik og'ir vazn toifasi vakili Augusto Sakay amerikalik DonTela Maysdan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi. Bu bilan u ketma-ket 4 ta mag'lubiyatli seriyasiga chek qo'ydi. 

Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, uzoq muddat - to'rt yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan Tatyana Suares ikkinchi raundda Montana De La Rosadan ustun keldi. Tojikistonlik birinchi UFC jangchisi Nurullo Aliev debyutini g'alaba bilan nishonladi. U Rafael Alvesni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi. 

SHuningdek, bugungi oqshomda Mayk Melott, Trevor Pik, Jordan Livitt va Jo Solekilar raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing