So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

16 mar 05:36
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 239. Tuivasa va Tibura, Muradovning ikki raqibi hamda boshqa jangchilar taroziga chiqishdi + FOTOREPORTAJ

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC Fight Night 239 oqshomining markaziy jangi og'ir vazn toifasida Tay Tuivasa hamda Marchin Tibura o'rtasida kechadi. Turnirning asosiy kardini boshlab beradigan jang etiborimizni tortgan. Unda Mahmud Muradovning sobiq raqiblari Jerald Mirshert va Brayan Barberena o'zaro jangda munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. 

Malumot uchun, Muradov UFC Vegas 35 turnirida Jeraldga qarshi oktagonga chiqib, mag'lubiyatga uchragandi. O'shanda Mirshert hamyurtimizni ikkinchi raundda bo'g'ib qo'ygandi. Vaholanki, Muradov birinchi raundni 10-9 hisobida o'z foydasiga hal qilgan edi. Bu Mahmud uchun UFC'dagi ilk mag'lubiyat bo'lgandi.

O'tgan yilning 22 iyul kuni esa Mahmud Muradov Buyuk Britaniyaning London shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 224 turnirida amerikalik Brayan Barberenani ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.

Tunda UFC Fight Night 239 turniri jangchilari tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Avstraliya sharafini himoya qilayotgan Tay Tuivasa tarozida 120,42 kg tosh bosdi. Uning polshalik raqibi Marchin Tibura esa 8 kg engilroq chiqdi - 112,03 kg. 

Etiborlisi, uch nafar jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmagan va endi ular o'z gonorarlarining 20 foizini raqiblariga berishadi. Natan Levi, CHelsi CHendler va Denni Silva vazn qila olmagani uchun jarimaga tortiladi. 

UFC Fight Night 239 tarozi natijalari. Asosiy kard:

Tay Tuivasa (120,42 kg) vs Marchin Tybura (112,03 kg);

Brayan Battl (77,11 kg) vs Anje Lusa (77,56 kg);

Ovins Sen-Pryo (93,44 kg) vs Kennedi Nzechukvu (92,98 kg);

Kristian Rodriges (65,77 kg) vs Isaak Dulgaryan (65,99 kg);

Penni Kianzad (61,68 kg) vs Meysi CHiasson (61,46 kg);

Jerald Mirshert (84,14 kg) vs Brayan Barberena (84,36 kg).


Prelim kard:

Natan Levi (70,98 kg)* vs Mayk Devis (70,3 kg);

Jozian Nunes (61,23 kg) vs CHelsi CHendler (62,14 kg);

Jafel Filo (56,92 kg) vs Ode Osborn (56,92 kg);

Joshua Kulibao (66,22 kg) vs Denni Silva (67,35 kg)***;

Jaklin Amorim (52,61 kg) vs Kori Makkenna (52,38 kg);

Tiago Moyzes (70,53 kg) vs Mitch Ramirez (70,53 kg);

Xaralampos Grigoriu (61,68 kg) vs CHad Anxeliger (61,23 kg).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing