16 fev 07:26
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 251. Co-main event jangida rekord va antirekord qayd etildi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
UFC Fight Night 251 turnirining so-main event jangi yarimengil vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikalik 28 yoshli Yussef Zalal tajribali vatandoshi Kelvin Kattarga qarshi oktagonga chiqdi.
Uch raund to'liq davom etgan jangda asli kelib chiqishi marokashlik bo'lgan Zalal hakamlarning yakdil qarori (29-28, 29-28, 29-28) bilan g'alaba qozondi. Bu Yussefning ketma-ket qozongan ettinchi g'alabasi bo'ldi. Uning yangi rekordi 17-5-1 (UFC 7-3-1). Kattar esa UFC`dagi ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu Kelvinning ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar