12 okt 07:17
Yangiliklar

UFC Fight Night 261 turnirining asosiy jangi bir yarim raund davom etdi + FOTO
UFC Fight Night 261 oqshomining asosiy jangi engil vaznda sobiq UFC chempioni braziliyalik CHarlz Oliveyra hamda Polsha vakili Mateush Gamrot o'rtasida o'tkazildi. Jang ikkinchi raundda to'xtatildi. Oliveyra raqibini bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
SHu tariqa, 35 yoshli Oliveyra professional MMAdagi 36-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobidagi mag'lubiyatlari soni 11 taligicha qoldi. Jangga bir necha kun qolganda rozilik bergan 34 yoshli Gamrot buguni 4-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 25 tani tashkil qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, aslida Oliveyra bugun Rafael Fizievga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin ozarbayjonlik aralash yakkakurash ustasi mashg'ulot chog'ida oyog'idan olgan jarohati sabab safdan chiqqan edi.
Fikrlar