12 okt 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 261 turnirining barcha bonuslari braziliyaliklarga nasib etdi
Etiborlisi, bugungi turnirning asosiy jangida Mateush Gamrotni bo'g'ib qo'ygan CHarlz Oliveyra bonuslarni qo'lga kiritish bo'yicha UFC rekordini yangiladi.
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi faoliyatidagi 21-turnir bonusi hamda "Oqshomning eng yaxshi chiqishi" uchun 14-bonusni qo'lga kiritdi. Bu UFC`ning yangi rekordi hisoblanadi. Bu hali hammasi emas. Oliveyra muddatidan avval g'alaba qozonish (21) va sabmishnlar hisobiga g'alaba qozonish (17) bo'yicha ham dunyoning eng kuchli Ligasi rekordlarini yangiladi.
CHarlzdan tashqari UFC Fight Night 261 turnirining 50 000 AQSH dollari miqdoridagi bonus, yani mukofot pulini uning vatandoshlari Vitor Petrino, Beatris Meskita va Juliya Polastri qo'lga kiritdi. Ularning bari raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar