So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0

12 okt 08:41
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 261 turnirining barcha natijalari: Oliveyra Gamrotni to'xtatdi

Iliya Topuriyadan dahshatli nokautni qabul qilib olganidan uch oy o'tib oktagonga qaytgan CHarlz Oliveyra vatandoshlari ko'z o'ngida chiroyli g'alabaga erishdi.

Braziliyalik sobiq UFC chempioni ikkinchi raundda Mateush Gamrotni bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan CHarlz Gamrotni muddatidan oldin taslim etgan ilk jangchiga aylandi. Oqshomning asosiy jangi ikkinchi raundning 2-daqiasi 48-soniyasida to'xtatildi. 

Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi o'ta engil vazn toifasida sobiq ikki karra promoushen chempioni Deyvison Figeyredu hamda amerikalik Montela Jekson o'rtasida kechdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda tajribali Deyvison hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozondi. Hakamlardan biri Jeksonga g'alabani taqdim etgan. Qolgan ikki hakam mezbon jangchining g'alabasini taminlagan. Figeyredu bu bilan ikki mag'lubiyatli seriyasini yopishga muvaffaq bo'ldi.   

UFC Fight Night 261 turnirida Beatris Meskit, Mario Pinto, Kaan Ofli, Maykl Asvell, Jafel Filo, Vitor Petrino, Juliya Polastri va Luan Laserda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi.


UFC Fight Night 261 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

CHarlz Oliveyra Mateush Gamrot sabmishn (bo'g'ish) evaziga taslim etdi – 2-raund, 2:48

Deyveson Figeredo Montela Jeksonni hakamlarning ayri qarori bilan yutdi (28-29, 29-28, 29-28)

Yoel Alvares Visente Lukeni hakamlarning yakdil qarori evaziga engdi (30-26, 30-26, 30-26)

Mario Pinto Jonat Dinizni texnik nokautga uchratdi (zarba) – 2-raund, 4:10

Kaan Ofli Rikardo Ramosni sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 1-raund, 3:02

Maykl Asvell Lukas Almeyda texnik nokaut (qo'l va tirsak zarbalari) evaziga mag'lub etdi – 1-raund, 1:42


Prelim kard janglari

Jafel Filo Kleyton Karpenterni sabmishn (kimura) evaziga taslim etdi – 1-raund, 4:42

Vitor Petrino Tomas Petersen nokaut (zarbalar) qildi – 3-raund, 0:26

Beatris Meskita Irina Aleksseevani sabmishn (ortdan bo'g'ish) hisobiga engdi – 2-raund, 2:14

Lukas Roxa Styuart Nikollni hakamlarning yakdil qarori evaziga yutdi (30-27, 30-27, 30-27)

Juliya Polastri Karolina Kovalkevichni texnik nokaut (boshga oyoq bilan zarba) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 3-raund, 2:56

Luan Laserda Saymon Oliveyrani sabmishn (tirsak) hisobiga mag'lub etdi – 2-raund, 3:55

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing