19 okt 08:19
Yangiliklar

UFC Fight Night 262 turnirining barcha natijalari bitta xabarda
UFC Fight Night 262 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida niderlandiyalik Rene de Ridder hamda amerikalik Brendan Allen o'rtasida o'tkazilib, unda okean orti vakili texnik nokaut evaziga raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Katta ehtimol bilan bu chempionlik yo'lidagi davogarlik maqomidagi jang bo'ldi.
Turnirning co-main event jangida Kevin Xolland biroz kutilmaganda Mayk Melottga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ydi. Murosasiz kechgan jangda kanadalik Aymann Zaxabi ekvadorlik tajribali aralash yakkakurash ustasi Marlon Verani hakamlarning ayri qarori (29-28, 28-29, 29-28) bilan yutdi. Jami 13 ta jangdan 9 tasi muddatidan avval yakunlandi.
UFC Fight Night 262 barcha natijalari:
Brendan Allen Rene de Ridderni 4-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi (4-raund);
Mayk Melott Kevin Xollandni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (29-28, 29-28, 29-28);
Aymann Zaxabi Marlon Verani hakamlarning ayri qarori bilan yutdi (29-28, 28-29, 29-28);
Manon Firo raqibasi Jasmin Yasudavichyusni texnik nokautga uchratdi (1-raund);
SHarl Jurden Deyvi Grantni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi (gilotina) — (1-raund);
Kayl Nelson Mett Frevolni ochkolar bo'yicha taslim etdi (30-27, 29-28, 29-28);
Dryu Dober Kayl Prepolecni texnik nokaut qildi (3-raund);
Cilen Aoji Kodi Gibsonni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi (1-raund);
Bruno Silva Xyun Sun Pakni bo'g'ish usuli bilan engdi (rear-naked choke) — (3-raund);
Jorden Santos Denni Barloudan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);
Stefani Lusiano raqibasi Ravenu Oliveyrani bo'g'ib qo'ydi (rear-naked choke) — (3-raund);
Yusri Belgarui Azamat Bekoevni texnik nokautga uchratdi (3-raund);
Melissa Kroden Taynar Lisboani texnik nokaut evaziga taslim etdi (3-raund, 4:32).
Fikrlar